Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muftiy Usmonxon Alimov o‘zbekistonliklarga murojaat qildi (video)
10.07.2020 18:01,  
628

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 10 iyuldan 1 avgustgacha qat’iy karantin e’lon qilinishi munosabati bilan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

"10 iyuldan boshlab karantin qoidalari yana qat’iylashyapti. O‘z-o‘zidan ma’lumki, karantinning barcha sohalarga ta’siri bo‘ladi. Jumladan, masjidlarimiz faoliyati ham vaqtinchalik, 1 avgustgacha to‘xtatib turiladi. Mo‘min-musulmonlar bu holatni to‘g‘ri tushunishlari, to‘g‘ri qabul qilishlari kerak. Intizomga rioya qilish kerak.
Hududlar yashil bo‘lganda masjidlar ochib berildi. Ibodatlar rohat bilan qilindi. Bugun endi pandemiya avj olyapti. Odamlarimiz to‘g‘ri tushunadilar, o‘zimizni, bola-chaqamizni, qo‘ni-qo‘shnilarimizni, jamiyatimizni bu balodan asrashimiz kerak. Bu balodan asrashning bir yo‘li sabru qanoat, yana bir yo‘li karantin qoidalariga to‘la amal qilish bilan bo‘ladi.

Imom Hokimdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarida shunday bashorat qilinadi: «Xursand bo‘ling. Sizlarga yengillik keladi. Har bir qiyinchilik ikki yengillikdan ustun kelmaydi».

Ya’ni bir qiyinchilik kelsa, albatta, uning orqasidan Alloh taolo bandasiga yengillik beradi. Chunki Alloh bandasiga mehribon, lekin bitta qiyinchilik ikkita yengillikning ustidan g‘olib kela olmaydi. Albatta, yengillik g‘olib keladi. Chunki Alloh taolo bandalarini o‘zi yaratgan va o‘zi asraydi. Faqat bunga amal qilish, sabr va qanoat qilish kerak bo‘ladi" - dedi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi.

Avvalroq Musulmonlar idorasining taklifiga muvofiq, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 10 iyuldan e’tiboran 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан