Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Navoiyda «krokodil» iste’molchilari ushlandi
23.07.2020 12:14,  
2633

Navoiy viloyatida 2020 yiling 1 iyul kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 46 yoshli K.X., ning Navoiy shahar G‘alaba ko‘chasida joylashgan xonadoni tegishli tartibda ko‘zdan kechiriladi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, K.X., o‘z xonadonida tanishlari F.K. va Ye.R., lar bilan birga «Dizomorfin» (krokodil) psixotrop moddasini tayyorlab iste’mol qilganliklari aniqlangan. Uning xonadonidan protsessual tartibda «Kodeks» va «Dimedrol» dorilarining bo‘sh konvalyutalari, paxta bo‘laklari hamda yod moddasining bo‘sh idishlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, K.X. va F.K., larning badanida «opiy» alkaloidlari aniqlangan.

Holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан