Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Niderland mutaxassislari Sardoba fojiasini tahlil qildi
18.05.2020 18:49,  
1274

Niderlandiyalik mutaxassislar Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishini o‘rganib tezkor hisobot tayyorladilar. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.

Hisobot Deltares tahlil markazi mutaxassislari tomonidan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida tayyorlangan va unda asosan tabiiy sabablar hisobga olingan.

"Suv o‘pirilish katta miqdordagi yog‘ingarchilikdan to‘g‘on xaddan tashqari to‘lishi, shamol to‘lqini yoki quvurlar ichidagi eroziya natijasida sodir bo‘lishi mumkin", - deyiladi ma’lumotda.

Mualliflar to‘g‘on o‘pirilishi bo‘yicha hisobot dastlabki ekanligini, o‘pirilishning asosiy jarayonlari va sabablarini tushunish toshqinni chuqur va batafsil baholashni talab qilishini ta’kidladilar.

Mutaxassislar suv resurslarini maqbul boshqarish zarurligini inobatga olib, barcha tabiiy (gidrometeorologik, geomorfologik) hodisa va hodisalarni, shuningdek texnogen tadbirlarni va suv infratuzilmasini hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha harakatlar juda muhim deb hisoblaydilar.

Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida toshqin yuz bergan edi va buning natijasida O‘zbekiston va qo‘shni Qozog‘istondan o‘ng minglab odamlar evakuatsiya qilingan edi.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan DXX tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur ish yuzasidan 170 dan oshiq shaxslar so‘roq qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан