Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nukusda bayroqlar oldida yechinib, ich kiyimda o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi (video)
15.05.2019 13:48,  
44

Internetda o‘smir yigitning Nukus markazidagi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston davlat bayroqlari oldida yechinib, ich kiyimda o‘zini ko‘z-ko‘z qilib yugurib chiqqani tasvirlangan video tarqaldi.

«Kruz.uz»ning yozishicha, voqea 9 may kuni 21:30 lar atrofida yuz bergan. Bu paytda maydonda bir qancha odam bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jamoat joylarda yurish-turish qoidasini qasddan mensimasdan yechingan holda videoga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan yigitlar 1998 yilda tug‘ilgan S.B., 2000 yilda tug‘ilgan N.U. va O‘.A. bo‘lgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasini (mayda bezorilik) qo‘pol ravishda buzganligi uchun yigitlarning har biriga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан