Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek estrada yulduzlarining Gulnora Karimovaga bo‘lgan muhabbatlari "qimmatga tushdi"
18.07.2019 19:25,  
644

Zo’rTV xususiy telekanali 12 iyuldan boshlab xonanda Jahongir Poziljonovni “Xontaxta” va “Bojalar community” ko‘rsatuvlari, qiziqchi Halima Ibrohimovani esa “Sitro shou” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan chetlatdi. Xonandalar Rayhon G‘aniyeva va Ziyoda Qobilovaning qo‘shiqlari ham efirdan olib tashlangan.​ Bunga ularning ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishini so‘rab qoldirgan potslari sabab bo‘lgan. 

Nashrlarda tarqalgan xabarlaga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan "opa"sini sog‘ingan artistlarga “norasmiy taqiq” qo‘yilgan.

24-25 iyun kunlari ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek shou biznesining ayrim vakillari Gulnora Karimovaning yaqin kunlarda ozodlikka chiqishini so‘rab duo qilish va madh etishga kirishgan edi. Jamoatchilik artistlarning bu kampaniyasi odamlarni Gulnora Karimovaning ozodlikka chiqishiga tayërlash va bu ehtimolga ijobiy munosabatni shakllantirish uchun uyushtirilgan deb qabul qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан