Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biriga aylandi
15.06.2018 13:49,  
55

2013—2017 yillar davomida gilos maydonlari faol kengaytirilgani sabab O‘zbekiston mazkur meva eksportini oshirishga va jahon bo‘yicha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib, Ispaniyadan oldinga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Spot

EastFruit tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2017 yilda 32 ming tonnaga yaqin gilos eksport qilgan. Bu Ispaniyaga nisbatan 5 ming tonna ko‘proq demakdir. 2018 yilda esa eksport hajmi 36—38 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Bundan besh yillar oldin O‘zbekistonning gilos eksporti yiliga 5 ming tonnadan oshmas edi, biroq 2016—2017 yillarda eksport hajmida keskin o‘sish kuzatildi.

O‘zbekiston hamon mahsulotlarining 99,5 foizini Rossiya va Qozog‘istonga sotmoqda, bu esa mazkur biznes yo‘nalishining rivojlanishida katta muammo hisoblanadi. Chunki O‘zbekiston mahsulotlarining ta’mi shirin bo‘lsa-da boshqa davlatlarda unga talab mavjud emas. Shu sababli eksportni diversifikatsiya qilish borasidagi urinishlar hech qanday foydasiz ketmoqda.

«Eng muhim mummo mahsulot marketingining samarsizligi. Xalaqaro ko‘rgazmalarda o‘z mahsulotlarini namoyish etuvchi O‘zbekiston kompaniyalari odatda xaridorlarning telefon yoki elektron pochta orqali so‘rovlariga javob qaytarmaydi, saytlari esa muntazam ishlamaydi. Tabiiyki bu O‘zbekistonlik yetkazib beruvchilarning imijiga ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан