Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston iste’mol bozoridagi narxlar pasaydi
2.08.2019 10:13,  
32

2019 yilning iyun oyida iste’mol bozorida yil davomida birinchi marta umumiy narxlar darajasining pasayishi kuzatilib, oy davomidagi deflyasiya ko‘rsatkichi 0,5 foizni tashkil qilgan edi.

Iyul oyida ham iste’mol bozorida o‘rtacha narxlar darajasining pasayishi qayd etilib, oy davomidagi deflyasiya ko‘rsatkichi 0,4 foizni tashkil qildi.

Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar iyul oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,2 foizga qimmatlashdi.

2018 yilning iyul oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,5 foizga ko‘tarilgan.

2019 yilning iyunidan boshlab oy davomida umumiy iste’mol narxlari darajasining pasayishi asosan mavsumiy tendensiyalar va ommaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Iyul oyi natijalari bo‘yicha tovarlar narxlari 0,6 foizga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,3 foizga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 0,4 foiz, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.

Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 4,6 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,7 foiz, xizmatlar 5,6 foizga qimmatlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан