Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda AES qurilish ishlari qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi
4.09.2019 14:28,  
30

Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi 2020 yil boshida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov 3 sentyabr, seshanba kuni jurnalistlar bilan muloqotda aytib o‘tdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri..

«Bizning vazifamiz — kelgusi yil boshida moliyalashtirish hamda loyihani joriy etish bosqichlari bo‘yicha asosiy qo‘shma qarorlar va shartnomaga ega bo‘lib, tanlab olingan maydonga chiqish», — deydi «Rosatom» rahbari.

Uning qayd etishicha, hozirda O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan kredit shartnomasi doirasida muloqot boshlangan.

«7 sentyabr kuni O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolanganiga bir yil to‘ladi. Hozirgi kunda shartnoma hujjatlarida kelajakdagi stansiyaning obrazini, uning asosiy parametrlarini tasvirlash uchun barcha kerakli bilimlarni tayyorladik. Shartnoma bo‘yicha bu ish davom etmoqda, biz yil oxirigacha shartnomadagi yuqori darajaga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Moliya vazirligi bilan kredit shartnomasi doirasida o‘zaro aloqalar bo‘yicha muloqot boshlandi.

Loyiha tijoriy. Shuning uchun bizni kelgusida loyiha qiymati va muddati bo‘yicha ko‘plab jiddiy muzokaralar kutib turibdi», — deydi Lixachyov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан