Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda hafta davomida ob-havo salqinlashadi
2.09.2019 11:53,  
16

Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 2—5 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 sentyabrda 12—17, 5 sentyabrda 8—13, kunduzi 2 sentyabrda 25—30 daraja issiq, 3—5 sentyabrda esa 20—25 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2- va 5 sentyabrda 12—17, 3—4 sentyabrda 15—20, kunduzi 2—3 sentyabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi. 4—5 sentyabrda 23—28 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda 12—17, 3—4 sentyabrda 15—20, kunduzi 2—3 sentyabrda 27—32, 4—5 sentyabrda 23—28 bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 13—18, 3—5 sentyabrda 15—20, kunduzi 2—3 sentyabrda 30—35, 4—5 sentyabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3—5 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—3 sentyabrda 13—18, 4—5 sentyabrda 15—20, kunduzi 2—3 sentyabrda 25—30, 4—5 sentyabrda 23—28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari: Havo o‘zgarib turadi, 2—3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4—5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 10—15, 3—5 sentyabrda 8—13, kunduzi 2—3 sentyabrda 17—22, 4—5 sentyabrda 15—20 daraja issiq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан