Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda jazirama issiq havo rekordlari yangilanmoqda
20.07.2019 17:57,  
22

O‘zbekistonda jazirama issiq havo ikkinchi hafta davom etmoqda va hatto yangi rekodlarni qayd etdi, deb yozmoqda Sputnik.

Respublikaning bir necha viloyatlarida 18 iyul kuni yangi rekordlar o‘rnatilgan. Xususan, Nukusda +45 daraja issiq bo‘lgan. Bu 1986 yil 18 iyulidagi rekorddan +1,2 daraja yuqori.

Buxoroda esa havo harorati +43,2 darajagacha ko‘tarilgan bo‘lib, 1995 yilgi rekorodga nisbatan +0,3 darajaga ko‘p. Urganchda esa shu kuni +42,6 daraja issiqlik kuzatilgan. Avvalgi rekord 1979 yilda qayd etilib, +41,6 darajani tashkil etgan.

Toshkentda esa havo harorati +42 darajadan oshmagan, shu sababli 1997 yil 18 iyulidagi +44,6 darajalik issiqlik rekordini yangilash uchun hali erta.

Meteorologlarning ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda havo haroratining pasayishi kutilmayapti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан