Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oliy suddan yosh adabiyotshunos Akrom Malikka oqlov so‘ralmoqda
8.05.2019 12:48,  
86

2016 yilning 22 iyul kunida hibsga olinib, Respublikamiz Jinoyat Kodeksining 159- va 244-moddalari bilan ayblanib, 6 yilga qamalgan yosh adabiyotshunos olim Akrom Malikning advokatlari Faxriddin Mustonov hamda Tangribergan Jumaniyazov Oliy sudga nazorat tartibidagi shikoyat arizasi bilan murojaat qildilar. Advokatlar mahkumning "jinoiy ishi"da keltirilgan barcha dalillarning "nomaqbul" ekanini asoslab, ular bilan jinoyat ishi qo‘zg‘ash qonunga zid ekanini qat’iy ta’kidlamoqdalar. Ular Akrom Malikka nisbatan "ochilgan" ishni bekor qilib, mahkum oqlov hukmi bilan ozod etilishini talab qilishmoqda.

Shikoyat arzida aks etgan vajlar:

1. Mahkum hibsga olingan kun 2016 yil 22 iyul bo‘lgani holda sud qamoq muddatini 2016 yil 6 avgust kunidan hisoblangan. Mahkumning 15 kunlik hibsi nega "unutilgan"?

2. Dalillarni olish va tekshirishda protsessual kodeksidagi barcha moddalar qo‘pol tarzda buzilgan. Ya’ni "jinoyat dalili" deb ko‘rilgan fleshka ham, kompyuter ham mahkumning ko‘z oldida tekshirilmagan. Yana boshqa barcha bayonnomalarda qator sun’iylik, uydirma aniq ko‘rinib turibdi.

3. Mahkumning iqrori ruhiy bosim va qiynoqlar bilan olingan va u 6 oy davomida mutlaqo tashqi olamdan uzilgan holda saqlangan. Oila a’zolari yollagan advokatlardan voz kechtirilib, boshqa advokat olishga majburlangan. U advokat mahkum qanday ayblov bilan qamalayotganidan ham bexabar bo‘lgan.

Advokatlarning qat’iy ta’kidiga ko‘ra, mahkum Akrom Malikni jinoyatchi deb atashga asos beruvchi biror dalil mavjud emas. Bu esa qonunlarimizga ko‘ra, Akrom Malikni oqlash va reabilitatsiya qilish shartligini bildiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан