Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Onlayn auksiondagi 3 ta viloyatdagi yerlar 25 karra qimmatga sotildi
15.07.2020 20:30,  
325

15 iyul, chorshanba kuni "E-ijro Auksion" savdolarida qator viloyatlardagi bo‘sh yer uchastkalari sotuvga qo‘yildi. Xususan, Andijon, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida sotilgan yer uchastkalari 20 barobarlab qimmatga sotildi, deya xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidan narxi 2 mln. so‘mlik yer uchastkasi 565,1 mln. so‘m narxga (282,55 barobar) tasdiqlandi. Auksionda 10 nafar ishtirokchi qatnashdi. Bu yerda do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari qurilishi mumkin. G‘olib 12 oy davomida 100 mln.so‘m miqdorida investitsiya kiritishi talab etiladi.

Andijon viloyati, Shahrixon tumanidan narxi 4,2 mln. so‘mlik yer uchastkasi uchun 208 mln. so‘m narx (49,5 barobar) tasdiqlandi. Ushbu yer uchastkasida oshxona, kafe, savdo uyi, do‘kon, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasini qurishga ruxsat etilgan. G‘olib shuningdek, 50 mln.so‘m miqdorida investitsiya kiritish majburiyatini ham qabul qilib olgan.

Ana shunday yer uchastkasining navbatdagisi Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan yutib olindi. Narxi 4,5 mln. so‘mlik yer uchastkasi uchun 112 mln. so‘m narx (25 barobar)tasdiqlandi. Savdo 8 nafar ishtirokchi o‘rtasida qizg‘in kechib, g‘olib tomonidan 18 oy davomida 200 mln.so‘m miqdorida investitsiya kiritish majburiyati qabul qilindi. Ushbu yer uchastkasida do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari qurishga ruxsat etilgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан