Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘rikzor bozoridagi sotuvchida koronavirus aniqlandi
23.05.2020 16:13,  
1084

22 may, juma kuni “O‘rikzor“ savdo majmuasi MChJda jami 789 nafar fuqarodan surtmalar olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur savdo majmuasidagi oziq-ovqat do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Malika Qudratxo‘jayeva ma’lum qildi.

"Ayni paytda ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda qat’iy karantin kuzatuviga olindi", - deydi Qudratxo‘jayeva. 

Hozirda “O‘rikzor” savdo majmuasida epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish, sanitar tozalash va zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish maqsadida savdo majmuasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан