Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘rtachirchiqda 21 yoshli fuqaro 5 kilogramm marixuana bilan ushlandi
15.09.2020 15:41,  
405

9 sentyabr kuni 14:00 da Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda tumanning «Mustaqillik» mahallasi hududidan o‘tgan «Avangard-O‘rtasaroy» avtomobil yo‘lida 21 yoshli J.S., o‘zi bilan olib kelgan, paketga solib qadoqlangan o‘tkir hidli o‘simlikni 2.200.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan va mazkur o‘simlik hamda pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro J.S., dan olingan o‘simlik tarkibida tetrogidrokannabinol aktiv giyohvandlik moddasi bo‘lgan ho‘l holatdagi vazni 5 kg. 53 gramm marixuana o‘simligi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.S.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari ko‘p miqdorda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda sotish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.S., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан