Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ortiqxo‘jayev-Vahobov masalasida...
19.11.2019 18:27,  
2623

Ortiqxo‘jayev jurnalistikani, huquqni va qonunni tushunmasligini bildirdi. Hokimiyat binosi va hovlisini shaxsiy xonadon bilan qiyoslashi, u shaxs daxlsizligi nima-yu, davlat idoralari – jamoat joyi ekanligini mutlaq tushunmasligini ko‘rsatadi.

Vahobov jurnalistlarga ongli ravishda, ularni kimligini bilgan holda, tashlangan edi. Aynan jurnalist bo‘lganligi uchun tashlangan edi. Vahobov, zo‘rlik qilib, jurnalistlarni ovozini o‘chirishga harakat qilgandi. Ortiqxo‘jayev esa, Vaxobov sizlarni kimligingizni bilmagan edi, demoqda. Juda primitiv himoya taktikasi.

Ortiqxo‘jayev kuchli jurnalistikani orzu qilishini aytyapti. Kuchli jurnalistika osmondan tushmaydi, biron joydan chiqmaydi: u bosqichma-bosqich shakllanadi. Erkin va malakali OAVlari shakllanishi uchun esa, hokimiyat qonunlar doirasida fikrlashi va ishlashi, har narsaga jizzaki bo‘lavermasligi kerak.

Ortiqxo‘jayev va Vahobovlarni psixologiyasi – ularni manfaatiga zid mavzular ko‘tarilganda, zo‘rlik qilish, ovoz o‘chirish, bosim qilish, tahdid qilish. Ushbu vaziyatda jurnalistlar emas, hokimiyat o‘zgarishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан