Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Osiyodagi eng boy odam dunyoning eng yaxshi milliarderlari o‘nligiga kirdi
21.06.2020 17:06,  
734

Hindistonning Reliance Industries kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va asosiy egasi Mukesh Ambani Forbes versiyasiga ko‘ra dunyodagi eng boy odamlarning o‘ntaligiga kirdi.

Real vaqt rejimida yangilanadigan ishbilarmonlarning holati to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra, Ambani reytingning to‘qqizinchi pog‘onasini egalladi. Uning boyligi 64,6 milliard dollarga baholanmoqda.

Milliarder o‘zining boyligi bir kunda 3,9 milliard dollarga ko‘payganidan keyin birinchi o‘nlikka kirdi, deb yozadi Forbes. 19 iyun kuni arafasida Reliance Industries o‘zining 4G aloqasini taqdim etuvchi Jio xizmatining 24,7 foiz aksiyalarini 15,2 milliard dollarga sotganligini e’lon qildi. Xaridorlar orasida Facebook ham bor edi. Shundan so‘ng, Reliance Industries aksiyalari kuniga 6% dan oshdi va mart oyidan beri deyarli ikki baravar o‘sdi.

Ambani, shuningdek, 2019 yilda Forbes ma’lumotlariga ko‘ra Hindistondagi eng boy odam bo‘lgan.

Reliance Industries egasi - Forbes ma’lumotlariga ko‘ra Osiyoning dunyodagi eng boy 10 kishisidan bo‘lgan yagona milliarder. Birinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi, uning boyligi 160 milliard dollarga, Microsoft korporatsiyasining hammuassisi Bill Geyts (108,6 milliard dollar) va Louis Vuitton Moet Hennesy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arnault (102,8 milliard dollar) dastlabki uchlikka kirdi.

Shuningdek, ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Sukerberg, Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffet, Microsoft kompaniyasining sobiq direktori Stiv Ballmer, Oracle hammuassisi Larri Ellison, Intidex asoschisi Amansio Ortega va Google hammuassisi Larri Peyjlar bor.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан