Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston harbiylari paradda qatnashish uchun koronavirus o‘choqlaridan biriga yetib bordi
17.06.2020 16:17,  
2824

24 iyun kuni Moskvadagi «Qizil maydon»da bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida qatnashish uchun 12 mamlakat harbiylari Rossiya yetib keldi.

Rossiya armiyasi generali Oleg Salyukov ma’lum qilishicha, paradda qatnashish uchun allaqachon Moldova, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoy, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston harbiy xizmatchilari yetib kelgan.

2020 yil 17 iyun ertalabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 544 725 kishiga yetib, mamlakat bemorlar soni bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda qolmoqda. Bemorlarning 300 mingdan ortig‘i sog‘aygan bo‘lsa-da, dunyo olimlarida katta shubha uyg‘otgan holda vafot etganlar soni kamroq – 7 478 kishini tashkil qilmoqda.

Moskvadagi harbiy paradda 13 mingdan ortiq harbiylar ishtirok etishi kutilmoqda, 234 ta zamonaviy va tarixiy yer usti harbiy texnikalari, jumladan, eng so‘nggi «Terminator» tanklarini qo‘llab-quvvatlovchi jangovar transport vositalari, «Koalitsiya-SV» va «Msta-SM» o‘ziyurar gambitalari, T-90M va «Armata» tanklari, «Buk-M3», «Tor-M2», S-400 zenit-raketa tizimlari, shuningdek 75 samolyot va vertolyotlar namoyish etiladi.

G‘alabani nishonlash Rossiya byudjetiga qanchaga tushyapti?

Karantinga qaramay Rossiyada G‘alaba paradi repetitsiyalari o‘tkazilmoqda (foto)

Avvalroq Moskvadagi paradda O‘zbekiston prezidentining ishtirok etishga rozilik bildirganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан