Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekiston paxtasining necha foizi qo‘l mehnati bilan terilishi ma’lum qilindi
11.09.2020 09:41,  
581

2020 yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida respublika bo‘yicha ekilgan paxtaning 10 foizi paxta terish mashinalarda, qolgan 90 foizi esa qo‘l mehnati yordamida teriladi. Bu haqda 9 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Qodir Ismoilov ma’lum qildi.

«Sohada texnika ta’minotini yanada yaxshilash, mexanizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilingan. Shu qaror asosida bir qator texnika sotib oluvchilarga imtiyoz berilgan. Jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini uchun sotib oluvchilarga bank kreditining 10 foiz miqdori davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi joriy etilgan. Shuningdek, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida paxta terish mashinalari uchun xizmat haqi xarajatidan 30 foizi qoplab beriladi.

Shu bilan birga 2019 yilda 11 mingdan ortiq, jami 1 trillion 600 milliard so‘mlik qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berildi. Xususan, 2020 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodidan jami ikki turdagi 800 dona paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgan va joylarga yetkazilgan. O‘tgan 2019 yilda paxta terish mashinalari bilan jami paxtaning 3,5 foizi terilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni 2020 yil uchun 10 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ko‘rsatkichlarni 2021 yilda 18 foizga, 2022 yilda 28 foizga, 2023 yilda 41 foizga va 2026 yilgacha 73-75 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda», — dedi Qodir Ismoilov.

Tadbirda aytilishicha, 2019 yilda paxtani terish bo‘yicha paxta terish mashinalariga bir kilogrammi uchun 600 so‘mdan berilgan bo‘lsa, bu yilda 920 so‘m qilib belgilandi. Xulosa qilib aytganda, 2020 yilgi rejalashtirilayotgan paxtaning 305 ming tonnasi paxta terish mashinasida, qolgan 800 ming tonna paxta qo‘l mehnati yordamida teriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан