Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun $200 mln.lik kredit olyapti
14.07.2020 17:45,  
141

13 iyul, dushanba kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensaloqa shaklida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqotda O‘zbekiston hukumati tomonidan aholini koronavirus tarqalishidan himoya qilish va pandemiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha joriy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

OTB prezidenti O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va sanitariya-epidemiologiya xizmatini modernizatsiya qilish hamda jihozlash uchun 100 million dollar miqdorida yangi kreditni ma’qullash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganini ma’lum qildi. Kredit joriy yilning avgust oyi boshida ma’qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirish uchun birgalikda moliyalashtirish asosida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining 100 million dollarlik mablag‘lari jalb etilishi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан