Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkiya diniy sohada hamkorlikni rivojlantirmoqchi
6.03.2020 15:12,  
342

2020 yil 6 mart kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mexmet Sureyye Er va maslahatchisi Ibrahim Gemeje qabul qilindi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diniy-ma’rifiy sohada hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati

Sof islom ta’limoti, uning tinchlikparvarlik va ezgulik mohiyatini keng targ‘ib qilish hozirgi davr talabi va bu borada ikki davlat diniy soha xodimlari birgalikda ish olib borishi zarurdir, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Turkiyaning Din ishlari boshqarmasi (Diyonat) o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga kelishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан