Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda  Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi
5.10.2020 12:29,  
652

O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi Xitoyning gigant savdo platformasi “Alibaba” kompaniyasining rasmiy vakili sifatida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda “Alibaba” bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

“Aslida Alibaba shu vaqtgacha O‘zbekistonda o‘z shu’basini ochmagan, – deydi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov. – Negaki ularning talablari yuqori. Ko‘pchilikda bu O‘zbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmog‘iga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini o‘taydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam o‘z mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, “Alibaba” orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qo‘shni davlatlarga chiqa olamiz. Bu O‘zbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yo‘l ochadi”.

Xabarda aytilishicha, shirkat O‘zbekistonda rasman ish boshlashidan hech qancha o‘tmay, mahalliy qandolatchi korxona bilan 3 million AQSh dollariga teng shartnomani imzolagan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан