Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda an’anaviy tarzda ochilgan maktablar soni 7600 tadan oshdi
28.09.2020 12:38,  
127

Ma’lumki joriy pandemiya sharoitida 2020-2021 o‘quv yilidan maktablar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yila boshladi. Maktablarning ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir maktab bo‘yicha individual tarzda sanitariya-epidemiologik vaziyat inobatga olingan holda Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan so‘ng qabul qilinmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 7 sentyabr kuni mamlakatimizda 431 ta (4,3%) maktab faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 14 sentyabrdan 2 560 ta (25,6%), 21 sentyabrda 4 379 ta (43,9%) maktab faoliyatini tikladi.

28 sentyabr kuni faoliyatini tiklagan maktablar soni 76,3 foizga yetdi. Bugun o‘z faoliyatini to‘laqonli ravishda olib borayotgan maktablar soni 7 620 tani tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, maktab faoliyati tiklanmagan o‘quvchilarning ta’lim olishi «Onlayn-maktab» loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanmoqda.

Online-maktab'ning boshlanish sanasi, uzatiladigan telekanallar va tarmoqlar ma’lum qilindi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан