O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yilning 22 sentyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 20,29 so‘mga oshib, 10 315,62 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, yevro kursi ham oshdi (+15,78 so‘m) va bir yevro 12 210,60 so‘m qiymatida belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.