Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ishsizlar soni ma’lum qilindi
3.08.2020 12:01,  
300

2020 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi. 

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi.

Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra mehnat resurslari soni 19 084,6 ming kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa SOVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot sub’yektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qildi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 ming kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040 ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning I chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi.

Shuningdek, ANCOR Central Asia kompaniyasi O‘zbekistondagi yuqori darajadagi rahbarlar va HR-menejerlar orasida so‘rov o‘tkazgan. So‘rovnomada 98 respondent ishtirok etgan. Forbes O‘zbekiston nashrining yozishicha, mamlakatimizda ish beruvchichilarning 43% i ish o‘rinlarini qisqartirishga tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан