Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 1800 nafardan oshdi
9.05.2020 16:01,  
410

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Farg‘ona viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Rossiyadan, 2 nafari esa Germaniya-Rossiya-Qozog‘iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

Ularning barchasi erkak bo‘lib, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda.

Shuningdek, Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 13 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalgan 27 yoshli erkak Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 2 nafar, Qozog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 43 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida shifo topganlarning barchasi Toshkent shahridan bo‘lib, 2 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 4 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 18 yoshda.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1803 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан