Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘tgan yilning o‘zida 30 mingga yaqin jinoiy ish ko‘rildi
16.01.2020 17:39,  
118

2019 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 36 845 nafar shaxsga nisbatan 28 846 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2018 yilga nisbatan shaxslar bo‘yicha 24,2 foizga, ishlar bo‘yicha esa 24,4 foizga kamaygan. Bu haqda Oliy Sudning axborotnomasida xabar berildi.

Jumladan, 859 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 27 603 nafarni tashkil etib, shundan 6 957 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 19 278 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 368 nafar shaxs shartli hukm qilindi.

Sudlangan shaxslarning 24 491 nafari erkaklar, 3 112 nafari ayollar, 10 700 nafari yoshlar (shu jumladan 497 nafari voyaga yetmaganlar) va 873 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 3 080 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 26 436 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 8 028 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 6 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

270 nafar shaxsga Yoshlar ittifoqi, 210 nafar ayolga Xotin-qizlar qo‘mitasi va 1 373 nafar shaxsga mahalla fuqarolar yig‘inlarining kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 7 329 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan 443,9 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 3 187 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

13 890 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 48,2 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 788 nafar shaxsga nisbatan 1 486 ta ish ko‘rib chiqildi.

1 037 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 581 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi, deyiladi axborotnomada.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан