Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ozariylar bilan hamkorlikda yengil avtomobil yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
10.03.2020 00:12,  
3600

Hozirda mamlakatimizda Ozarbayjonlik hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish doirasida umumiy qiymati 355 million dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yengil avtomobil va avtobuslar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaymoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Foto: president.uz

 

Keyingi yillarda ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari muttasil ortib borayotgani qayd etildi. Xususan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 17 foizga ortib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi, Ozarbayjon bilan ikki tomonlama savdo hajmi esa 55,7 foizga oshdi.

Investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. O‘tgan yili O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 484 ta yangi korxona tashkil etildi, shunda ularning soni umumiy hisobda 1828 taga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Ozarbayjon kapitali ishtirokida tashkil etilgan 178 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Yig‘ilishda ushbu mamlakatlar bilan qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda investitsiya, savdo va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан