Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qancha ekanligini bilasizmi?
15.06.2020 19:04,  
107

Yillar davomida mamlakat aholisi bilan birgalikda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ham oshib bormoqda.

Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020 yil 1 may holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 734 230 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1991 yil 1 yanvar holatiga (2 158 995 nafarga) nisbatan 1 575 235 nafarga yoki 42,2%ga ko‘paygan.

Pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy aholi sonidagi ulushda ham o‘sishni ko‘rish mumkin. 1991 yilda 10,4%ni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 11,0 % foizni tashkil qilib, 0,6%ga ortgan.

Pensiya va nafaqa oluvchilarni hududlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, ularning 13,3% i Toshkent shahriga, 12,3%i esa Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon viloyatlarida 11%dan ortiq va Xorazm - 11,0% ni tashkil etadi. Boshqa hududlarning 9% dan 10 %gacha bo‘lgan aholisi pensiya va nafaqa oluvchilarga to‘g‘ri keladi.

Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, nogironligi bo‘lgan shaxslar, pensiya va nafaqa oluvchilarni yanada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga asosan 1991-2020 yillarda pensiya va nafaqalarning miqdori 64 marotaba oshirildi. 1991 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarning o‘rtacha miqdori 96 so‘m 50 tiyin bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 may holatiga 747 480 so‘mga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан