Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi barcha aeroportlar yopiladi
29.03.2020 01:10,  
251

30 martdan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining bayoniga asosan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida 2020 yil 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo harakatlanish barcha transport vositalari (yengil avtotransport, avtobus, avia va temir yo‘l) uchun to‘xtatilgan edi. Bunda yuk tashuvchi transport vositalari bundan mustasnoligi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан