Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyot darajasini baholab bo‘lmaydi — DSQ
17.02.2020 19:40,  
622

Hozircha O‘zbekiston yashirin iqtisodiyot darajasini baholaydigan metologiya mavjud emas. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Fazliddin Umarov AOKAda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ma’lum qildi deb xabar qiladi spot nashri.

“O‘tgan yili yashirin iqtisodiyot darajasi 50 %ni tashkil qilar edi, biz uni 30 %gacha qisqartirdik deb bayonot berishim mumkin, biroq bu xato bo‘ladi. Yashirin iqtisodiyotga oid savollarga javob berishdan oldin, biz uni hisoblash metodologiyasini ishlab chiqishimiz kerak”, — dedi u.

Fazliddin Umarovning so‘zlariga ko‘ra, soliq qo‘mitasi moliya hamda iqtisodiyot vazirliklari bilan hamkorlikda yashirin iqtisodiyot darajasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqmoqda.

2018 yilning boshida yashirin iqtisodiyot darajasi O‘zbekiston YaIMining 50 foizi miqdorida ekanligi rasmiy minbardan turib ma’lum qilingan edi.

Yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartirish 2020 yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalardan biri bo‘lib, u joriy yildagi Davlat dasturi loyihasiga kiritilgan. Xususan, hukumat yashirin iqtisodiyot paydo bo‘lishi sabablarini tahlil qilish va unga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqish uchun xorijdan mutaxassislarni jalb etishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан