Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga 25-30 ta vertolyot kerak bo‘ladi — Airbus Helicopters
9.03.2020 11:48,  
735

Vertolyot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan “Airbus Helicopters” O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari rahbari Ralf Veber O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bilan kechgan uchrashuvda shu haqida ma’lum qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar 19-20-fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan “Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” I Xalqaro aviatsiya forumi doirasida O‘zbekistonda vertolyot tashuvlarini rivojlantirishga oid erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lini muhokama qilishdi.

Vertolyotlardan nafaqat qutqaruv va tibbiyot maqsadlarida, balki turli ekskursiyalar, ekstremal turizm turlari, qoyaga chiqish, sportning tog‘-chang‘i turlari kabilarni tashkil qilishda ham foydalanish ehtiyoji mavjudligi ta’kidlandi.

Ralf Veber “Airbus Helicopters” kompaniyasining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning vertolyot parki bilan ta’minlanganiga oid xalqaro tajribaga muvofiq 800 000 — 1 000 000 kishiga o‘rtacha 1 vertolyot to‘g‘ri kelishini inobatga olganda, O‘zbekistonning ushbu havo transportiga ehtiyojini qondirish uchun 25-30 vertolyot kerak bo‘ladi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar vertolyotlar tashuvi, uchuvchi, mexanik, texnologlar va boshqa personalni tayyorlash, seminar va treninglar tashkil qilish orqali O‘zbekistonning xususiy biznes vakillarini faol jalb qilish bo‘yicha qo‘shma kompleks loyihani ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Ma’lumot uchun: “Airbus Helicopters” (sobiq “Eurocopter Group”) — Fransiya-Germaniya kompaniyasi, dunyodagi eng yetakchi vertolyot ishlab chiqaruvchilaridan biri. “Airbus Group” konsernining sho‘ba korxonasi. Kompaniya daromadi 2018-yilda 6,007 milliard yevroga oshdi.

Mavzuga doir: Tojikiston Qozog‘istonda ishlab chiqarilayotgan vertolyotlarni sotib ola boshladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан