Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning yengil avtomobil eksporti imortidan qariyb ikki baravar kam
23.10.2020 18:37,  
467

Mamlakatimizdan 2020 yilning 9 oyida chet elga 108,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 11 135 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov ma’lum qildi.

Xuddi shu davrda mamlakatimizda 349,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi 20 482 dona yengil avtomobil import qilingan.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. AQSh dollariga ya’ni 47,9 % ga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 985 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – $91,7 mln;
  • Ozarbayjon – $6,2 mln;
  • Ukraina – $5,7 mln;
  • Rossiya – $2,2 mln;
  • Tojikiston – $1,1 mln;
  • Boshqa davlatlar – $1,3 mln.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан