Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Portugaliyaga ham elchi etib tayinlandi
23.07.2020 15:42,  
147

O‘zbekiston Respublikasi elchisi Sardor Rustamboyev 20 iyul kuni Lissabonda Portugaliya Respublikasi prezidenti Marselo Rebelo de Souzaga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Portugaliya rahbari hamkorlik kun tartibidagi masalalar, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi munosabatlarning keng qamrovli jihatlari yuzasidan fikr almashar ekan, o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlash tarafdori ekanini bildirdi.

Foto: «Dunyo» AA

Eslatib o‘tamiz, Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi hisoblanadi. 2018 yil sentyabr oyida Fransiya prezidenti Emanuel Makronga ishonch yorlig‘i topshirilgan edi.

Rustamboyev bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning Portugaliyadagi elchisi vazifalarini ham bajaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан