Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda pandemiya vaqtida maktablarga qo‘yiladigan sanitariya talablari belgilandi
28.08.2020 10:01,  
452

“O‘zbekiston Respublikasida  COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va hisobga olindi.

Mazkur hujjat COVID-19 pandemiyasi davrida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha umumta’lim maktablari va maxsus maktab internatlarning xavfsiz ish muhitini ta’minlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etiladi.

Hujjatda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • mashg‘ulotlarni soat 8:00 dan so‘ng boshlash va 17.30 dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi, mashg‘ulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mumkin;
  • pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, konsertlar, tug‘ilgan kunlar va shu kabilar) o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi;
  • barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart;
  • maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari/mas’ul xodimlari tomonidan “ertalabki filtrlash” bo‘yicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi;
  • “ertalabki filtrlash” jarayonidan so‘ng, o‘quvchilar kirish joylarida o‘rnatilgan maxsus dispenserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini zararsizlantiradilar;
  • niqob/respiratorsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi. Bunda, niqob kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida xar 8 soatda o‘zgartirilishi lozim;
  • sinflarda har bir o‘quvchiga 2 m² dan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi talab etiladi;
  • pandemiya paytida maktab oshxonalari o‘z ishini amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etadi;
  • yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan o‘quvchilar/maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyasiya qilinishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq pandemiya davrida bog‘chalarga qo‘yiladigan sanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, hisobga olingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан