Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya sharoitida taksi va liftdan foydalanish qanchalik xavfli?
4.08.2020 12:13,  
192

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

Savol: Biz ko‘p qavatli binoda yashaymiz, liftdan kuniga barcha xonadon foydalaniladi. Qo‘shnilardan birida kasallik aniqlansa, ular ham liftdan foydalanishadi, biz shunda liftdan foydalanmasligimiz kerakmi?

Javob: Virusni turli xil sathlarda va havo zarralarida 2-3 soatdan 8-12 soatgacha saqlanib turishi to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud.

Liftlarda doimiy tozalov ishlarini olib borish, turli yuzalarni, tutqichlarni xlor tarkibli eritmalarda ishlov berish kerak.

Liftlardan foydalanish kerak bo‘lib qolgan vaqtlarda, o‘zini o‘zi himoyalash maqsadida har bir fuqarodan imkon qadar ortiqcha yuzalarga qo‘l tekkizmaslik, uyga qaytganda avval qo‘llarni sovunlab yaxshilab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish talab etiladi.

Savol: Taksi xizmati qanchalik xavfsiz?

Javob: Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida taksi bilan shug‘ullanuvchilar uchun maxsus talablar mavjud.

- haydovchi va yo‘lovchini kasallik yuqtirishidan himoyalash maqsadida shaffof plastik yoki plyonka bilan avtomashina salonini ikkiga ajratish;

- yo‘lovchilar mashinani orqa saloniga o‘tirishgani maqsadga muvofiqdir, bu bilan ma’lum masofalanish imkoniyati yaratiladi;

- niqoblarni taqish talablariga rioya qilgan holda yo‘lovchi va haydovchi niqoblarda bo‘lishlari kerak;

- shuningdek, avtomashina haydovchisi doimiy ravishda antiseptik vositalardan foydalanishi zarur.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан