Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Paxtakor OChLni g‘alaba bilan boshladi (foto, video)
10.02.2020 18:35,  
358

Hozirgina OChL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda BAAning “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Toshkentda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobda g‘alaba qozondi.

18-daqiqada Jaloliddin Masharipov “parashyut” uslubida raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng uchrashuv tempi juda tushib ketdi.

Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i 67 daqiqada Pedro Konde muvozanatni tiklashga erishdi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dragan Cheran yana “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari 3 ochko bilan “V” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:40 da boshlanadi. Unda musobaqaning amaldagi g‘olibi, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi Eronning “Padideh” klubini qabul qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан