Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Plan» to‘ldirish uchun bayonnomalar tuzishni buyurgan IIV podpolkovnigiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
27.07.2020 17:58,  
582

Avvalroq, Toshkent shahar Olmazor tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori, podpolkovnik Farrux Xolovning tuman IIO FMB profilaktika inspektorlariga ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibidan ish natijalarini oshirishni talab qilib yo‘llagan murojaati tarqalganini ma’lum qilgan edik.

Ichki ishlar mulozimi «plan»ni to‘ldirish uchun har kuni beshtadan ma’muriy bayonnoma tuzishga topshiriq berdi

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, profilaktika inspektori oldida huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish, qoidabuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish vazifasi turadi. Mayda bezorilik, maishiy janjallar kabi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan aholi orasidagi profilaktik ishlar muntazam ravishda olib borilishi zarur, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop preparatlar, giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi o‘z vaqtida chora ko‘rish zarur. Bu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlar aniqlangan taqdirda profilaktika inspektori qonuniy chora ko‘rishi, qonunbuzarlik faktini yashirmasdan, holatni qonuniy rasmiylashtirishi zarur.

«Natija» so‘zidan murod – profilaktika inspektorlarining ish sifatidir. Buning ko‘rsatkichi esa aholining huquqiy savodxonligining oshishi, jinoyat va huquqbuzarliklar sonining pasayishida ifoda topib, ko‘rilgan choralarning samarasidan darak beradi.

Rejaga to‘xtalsak. «Reja» so‘zini rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni deb tushunish noto‘g‘ridir. Har qanday faoliyatda ish rejasi zarur bo‘ladi. Profilaktika inspektorlarining ish rejasi deganda aholi bilan, fuqarolarning alohida toifasi bilan ishlash rejasi nazarda tutilib, mazkur reja ishonib topshirilgan mahalla hududidagi kriminogen holatdan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiriladi”, - deyiladi ma’lumotda.

Shaxsiy tarkibga vazifalarning noto‘g‘ri yetkazilishi munosabati bilan, rahbar bo‘lmagan va shaxsiy tarkib oldiga vazifa qo‘yish vakolatiga ega bo‘lmagan Olmazor tumani IIO FMB xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilandi" - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, ovozli xabarda Xolov Olmazor tumani fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzishda juda kam ko‘rsatkichga egaligi, natijada bu yuqori turuvchi rahbarlarni qanoatlantirmayotgani, tuman rahbarlari shahar miqyosida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda buning uchun qattiq gap eshitishayotganini ta’kidlagan.

Podpolkovnik ushbu kamchilikni zudlik bilan bartaraf etish uchun bugundan boshlab har bir profilaktika inspektori fuqarolarga nisbatan turli moddalar bo‘yicha 5tadan ma’muriy bayonnoma tuzish bo‘yicha topshiriq bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан