Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Portlendda AQSh prezidenti Jefferson haykali buzib tashlandi
15.06.2020 18:30,  
137

Amerikaning Portlend shahrida namoyishlar ishtirokchilari mamlakatning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson (1801-1809) (ikki dollarlik banknotada rasmi bor) haykalini buzib tashlashdi.

Yodgorlik shahar shimolidagi Jefferson o‘rta maktabining kirish qismida turar edi.

Namoyishchilar buzilgan yodgorlikka "quldor" degan yozuvni qoldirishdi va yonida "qora tanli ayollar meni ilhomlantiradi" yozuvi yozilgan plakat qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, bu Portlenddagi uchinchi buzilgan haykal sanaladi.

AQShda tartibsizliklar Minneapolisda afro-amerikalik Jorj Floydning politsiya tufayli o‘lim topishi ortidan boshlangan edi. Bu voqea mamlakatning qator shtatlarida hamda dunyoning turli burchaklarida irqchilikka qarshi namoyishlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, namoyishlarning hammasi ham tinch yo‘l bilan amalga oshirilmayapti. Ayrim joylarda namoyishchilar do‘konlar, magazinlar hamda tadbirkorlik subektlariga jiddiy zarar yetkazishmoqda. Hozirda AQShning aksariyat shaharlaridagi namoyishlar to‘xtagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан