Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentdagi Qanotchi restorani tajriba tariqasida ishga tushirildi
10.05.2020 20:57,  
1296

Toshkentdagi Qanotchi restorani mijozlarni qabul qilishni boshlagani haqida xabar berdi. Restoran ma’muriyati "tadbirlar barcha sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy rioya qilish va muvofiqlik asosida tashkil etilishi"ni xabar qildi. 

Ta’kidlanishicha, restoran binolari to‘liq dezinfeksiya qilinadi va kun davomida muntazam ravishda sanitariya holatida bo‘ladi. Qoidalarga xodimlarga nisbatan rioya qilinadi.

"Bizning faoliyatimiz barcha sanitariya-yepidemiologiya standartlariga qat’iy rioya qilish va uning doirasida ish tashkil etilgan", - deyiladi xabarda.

Foto: Qanotchi

Restoranga kiraverishda dezinfeksiya qilish uchun kabina o‘rnatilgan, har bir stollar esa oynavand to‘siq bilan ajratilgan.

Tashrif buyuruvchilar oldindan joy band qilib qo‘yishlari kerak.

Gazeta.uz nashrining Toshkent shahar hokimligidagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, "Qanotchi" restorani misolidan foydalanib, tashrif buyuruvchilarni qabul qilish uchun ruxsat olish uchun muassasa qanday ishlashi kerakligini ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Foto: Qanotchi 

Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, restoran va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalarida hali ham mehmonlarni qabul qilish taqiqlangan. Ular faqat yetkazib berish yoki olib ketish orqali ishlashlari mumkin.

Hozirda viloyatlar hamda viloyatlar ichida tuman va shaharlar uchta rang - qizil, sariq, yashil hududlarga ajratilgan va ularda turli darajadagi karantin qoidalari amal qiladi.

Shu bilan birga, har uchchala hududda ham qat’iy taqiqlangan faoliyat turlari bor. Ko‘ngilochar maskanlar - tungi klublar, diskotekalar, restoran, kafe, choyxona, spa, karaoke, bilyard xonalari, chilimxona (kalyan) va kompyuter klublari faoliyati uchun ruxsat berilmagan.

Qanotchi restorani bilan bog‘liq vaziyat ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Jurnalist Nikita Makarenkoning yozishicha, Qanotchi restoranining facebook sahifasidagi xabari ostida bir foydalanuvchi "Lyubaya biznes xarasho" (Har qanday biznes yaxshi) deb Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mashhur bo‘lib ketgan iborasidan ko‘chirma keltirib izoh qoldirgan.

Uning so‘zlariga esa Rashida Xazratqulova ismli boshqa bir foydalanuvchi rus tilida quyidagicha javob qaytargan: "Siz juda ham haqsiz. Agar biznes bilan shug‘ullana olsangiz, marhamat. Agar buni qila olmasangiz, iltimos, uyda qoling va tadbirkorlarning ishlashiga halaqit qilmang". Makarenko ushbu foydalanuvchi profilidagi ma’lumotlarga qarab, uning restoran xodimasi ekanligini aytdi. 

Qanotchi restoranining facebook sahifasida hozirda dastlabki e’lon o‘chirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан