Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda prezident impechmenti talab qilinayotgan sayt bloklandi
16.07.2020 19:33,  
297

Qirg‘izistonda Internet foydalanuvchilari amaldagi prezident Sooronbay Jeyenbekov impichmenti uchun imzo to‘playotgan Change.org sayti to‘sib qo‘yildi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari saytni blokirovka qilishda davlat rahbari komandasi ishtirok etgan deb taxmin qilishmoqda. Prezident devoni hech qanday izoh bermadi. 

24.kg nashrining qayd etishicha, MegaCom va Beeline kabi aloqa operatorlari hamda Aknet va Homeline singari ko‘plab Internet-provayderlari saytga kirishni yopib qo‘yishdi. 

14 iyul kuni jurnalist va jamoat arbobi Raushan Aytkulova Change.org veb-saytida Sooronbay Jeyenbekovga koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat uchun impichment e’lon qilish to‘g‘risida petitsiya joyladi, shu bilan birga prokuraturaga prezident va hukumatni hokimiyatdan chetlashtirishni talab qilib ariza bilan murojaat qildi. 

“Bugun Qirg‘iziston yonib turgan olov holatida, har qanday vaqtda kuchli olovni yoqishga tayyor. Va agar bu sodir bo‘lsa, unda juda kech bo‘ladi. Mamlakatimizni xarob qilmang! Ushbu yong‘in hali ham o‘chirilishi mumkin bo‘lsa, vatandoshlar, bizni tinglang! Biz sizga IMPEChMENT e’lon qilamiz, janob Prezident! Keting! " - deyiladi Change.org saytida.

Avvalroq saytda Gulshat Asilboyevaning "Axborotni manipulyasiya qilish to‘g‘risida" gi qonun va boshqa nufuzli qonun loyihalariga qarshi imzolar to‘plagan.

Qirg‘izistonda 16 iyul holatida 11 977 ta koronavirus infektsiyasi qayd etilgan. 3660 bemor sog‘ayib ketgan, 160 kishi vafot etdi. Amalda 9157 kishi davolanish holatida. Oxirgi 24 soat ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,31 foizga yoki 337 kishiga ko‘paydi.

Aprel oyida koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,6 marta, may oyida 1,3 baravar ko‘paydi. Iyun oyida bemorlarning soni darhol 4.6 marta oshdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан