Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda “paket” prinsipi joriy qilinadi
22.05.2020 05:05,  
91

Avval xabar qilganimizdek, “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Adliya vazirligi zimmasiga qator qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi.

Adliya vazirligi ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qiladi

Farmonga muvofiq, fuqarolarga javobgarlik belgilovchi normalar faqatgina qonunlar bilan o‘rnatiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 iyuldan boshlab qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutuvchi “paket” prinsipi joriy qilinadi:

  • yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va kuchga kiradi;
  • yangi qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etganda, ilgari qabul qilingan qonunlarga o‘zgartirish kiritish yangi qonunni qabul qilish bilan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi;
  • vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bitta hujjat bilan kiritadi;

Adliya vazirligiga Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrida mavjud bo‘lgan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi, bunda ular aynan bir xil masalada va texnik ko‘rinishda bo‘lishi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан