Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda mahalliy aholi «Nukus-Toshkent» magistral yo‘lini to‘sib qo‘ydi (video)
21.07.2020 11:04,  
3220

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida bir guruh fuqarolar suv tanqisligidan norozi bo‘lib, «Nukus-Toshkent» magistral yo‘lini to‘sib qo‘yishdi. 

Bu haqdagi xabarni bugun ertalab «Qoraqalpoq24» telegram kanali'ga asoslanib Xabar.uz ma’lum qildi.

Aytilishicha, Beruniy tumanining ko‘pgina qishloqlarida aholi tomorqasini sug‘orishi uchun suv tanqisligi kuzatilmoqda. Natijada tomorqaga ekilgan ekinlar jazirama issiqda qovjirab quriy boshlagan. Ayrim mahallalarda esa odamlar kachalka quduqlardan ichimlik suvi iste’mol qilishadi. Qoramollarini esa ariqlardagi suvdan sug‘orishadi. Suv kelmay qo‘ygach, ayrim xonadonlarda chorva mollarining kasallanish holati ko‘paygan.

Fuqarolarning bir necha soat davomida «Nayman» ko‘prigi yaqinida magistral yo‘lni to‘sishi natijasida uzundan uzoq tirbandlik hosil bo‘lgan. Voqealar rivoji haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

 - Amudaryo to‘lib-toshib  oqayotgan  mavsumda aholini suv bilan ta’minlamaslik mahalliy rahbarlarning e’tiborsizligidan boshqa narsa emas, -deydi qoraqalpog‘istonlik jurnalist Uzoqboy Bekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан