Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘iston xitoyliklarga vizasiz tartibni bekor qildi
27.01.2020 11:39,  
456

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Xitoydan tranzit yo‘lovchilar uchun Qozog‘iston Respublikasida 72 soatlik vizasiz tashrifini to‘xtatdi, deya xabar beradi Kazinform.

Bu haqdagi qaror Xitoydan Qozog‘istonga koronavirus tarqalishining oldini olish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdan keyin e’lon qilindi.

Bundan tashqari, "Xorgos" xalqaro chegaralararo hamkorlik markazining Qozog‘istondagi qismini vaqtincha to‘xtatib turish, davlat chegarasidagi nazorat punktlarida, shu jumladan havo, avtomobil va temir yo‘l transporti ob’yektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Qozog‘istonliklarga xususiy biznes va sayyohlik maqsadida Xitoyga borishdan saqlanish tavsiya etiladi. Xitoyga xizmat safarlarida sayohat ham cheklanadi.

Xitoydan kelgan barcha fuqarolarimiz yashash joyida tibbiy nazorat ostida bo‘ladi, hamda Xitoy va boshqa chet davlatlarida qolgan barcha fuqarolarimiz e’tibordan chetda qolmaydi. Agar kerak bo‘lsa, konsullik va boshqa yordam ko‘rsatiladi.

Bosh vazir Xitoyning Uxan shahridagi qozog‘istonlik talabalarni va Qozog‘iston Respublikasining boshqa fuqarolarini ham favqulodda evakuatsiya qilishni ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Qozog‘istonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlash, tibbiy muassasalarning epidemiologik vaziyat yomonlashganda aholiga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini ta’minlash vazifasi Bosh vazir o‘rinbosari B. Saparbayev boshchiligidagi idoralararo komissiyaga topshirildi.

MAVZUGA DOIR: Tojikiston Xitoy bilan aviaparvozlarni to‘xtatdi

Avval xabar qilinganidek, Qozog‘iston prezidenti koronavirusning Xitoydan mamlakatga tarqalishining oldini olish uchun qat’iy tashkiliy choralar ko‘rishni buyurgandi.

Shuningdek, 23 yanvar kuni Tojikistonning Somon Air aviashirkati fevral oyigacha Dushanbe-Urumchi (Xitoy) yo‘nalishidagi parvozlarni to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан