Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonlik Ma’murjon domla «diniy adovat qo‘zg‘ash aybi» bilan hibsga olindi (video)
23.06.2020 11:26,  
3235

Imom-noib sifatida qilgan ma’ruzalar va darslari bilan o‘zbekzabon internetda mashhur bo‘lgan Qozog‘istonning Sayram tumanidan Ma’murjon Xaytmetov 17 iyun kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) tomonidan hibsga olindi.

Bi-bi-si manbasining xabar berishicha, Xaytmetovga bundan 6 yil oldin nasroniylar dini haqida qilgan ma’ruzasi bo‘yicha, «diniy adovat qo‘zg‘ash» aybi qo‘yilmoqda.

"Bizga ma’lum bo‘lishicha, internetda ommalashib ketgan Ma’murjon domla o‘tgan chorshanba kuni Sayramdagi MXQ idorasiga chaqirtirilgan. Mashinasi bilan idoraga ketayotgan vaqtda, uni yo‘lda niqobli MXQ xodimlari to‘xtatib, ommaning ko‘z oldida ushlab olib ketgan.

Domlani qo‘lga olish jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlarda aks etgan"- deyiladi xabarda.

 

44 yoshli Ma’murjon domla Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 174-moddasi 2-bandi bilan tergov qilinmoqda.

Ushbu modda ijtimoiy, milliy, urug‘ga oid, irqiy, tabaqaviy yoki diniy adovat qo‘zg‘ash jinoyati haqida.

2014 yilda Sayram tumanidagi «Jalol ota» masjidida o‘tgan darsi bo‘yicha Ma’murjon Xaytmetovga «o‘z xizmat mansabidan foydalangan holda fuqarolarning milliy sha’nini tahqirlab, diniy adovat qo‘zg‘ash» aybi qo‘yilmoqda.Ushbu modda bo‘yicha ayblangan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xaytmetovni yaqindan taniydiganlardan birining Bi-bi-siga aytishicha, unga qo‘yilayotgan ayblovlarda asos yo‘q.

“Diniy adovat qo‘zg‘adi, deb hech kim ariza yozmagan. 6 yil oldingi ma’ruza uchun endi ish ochilishini KNB (Milliy xavfsizlik qo‘mitasi)dagi kimlardir «katta ideologik da’vatchini ushladik» deb shov-shuv qilish, yulduzcha olish yoki tepaga ko‘tarilish uchun qilgan tashabbusi deb o‘ylayapmiz”, deydi u.

Bi-bi-si manbasining aytishicha, Ma’murjon domla hibsga olinishi arafasida Mankent qishlog‘i va atrofdagi qishloqlarda yashagan yana 3-4 yosh yigit qo‘lga olingan.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan tasvirga tushirilgan ularni qo‘lga olish jarayoni aks etgan video ham ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan.

«Bu yoshlarga diniy adovat qo‘zg‘ashdan tashqari, terrorizm bilan bog‘liq video materiallar tarqatgan degan ayb ham qo‘ygan. Bizning tushunishimizcha ushbu bolalarni Ma’murjon domlaning videolaridan ta’sirlangan, degan ma’no bilan bog‘lashmoqchi, shekilli», deydi Bi-bi-si manbasi.

Ma’murjon domlani yaqindan tanigan va darslarida ishtirok etgan boshqa musulmonlar ham guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilmoqda.

Yaqinlari Ma’murjon Xaytmetovni himoya qilish uchun advokat yollagan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari Xaytmetovni yaqinlaridan tergov vaqtida idora atrofida to‘plamaslikni so‘ragan.

«Domla hozir Sayramdagi qamoqxonada saqlanmoqda. Tergov uchun KNB idorasiga olib kelinyapti. Advokati ko‘rishib turibdi. Turmush o‘rtog‘i va ota-onasiga ham ko‘rsatishibdi», deydi uning yaqinlaridan biri.

Shuningdek, domla ma’ruzalarni diniy idora tasdig‘idan o‘tkazib qilgani aytilmoqda.

1976 yilda tug‘ilgan va Ma’murjon domla nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan «Jalol ota» masjidi sobiq imom-noibi Xaytmetov Madina Islom Universitetida tahsil olgan.

Uning ma’ruzalari ijtimoiy tarmoqlarda 100 minglab marta ko‘rilgan.

Ma’ruzalarni o‘rni kelganda biroz mutoyiba bilan olib borgan Xaytmetovni taniganlar uni yaxshi sifatlar bilan eslamoqda.

Hozircha Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Qozog‘iston Musulmonlar diniy boshqarmasi bu borada izoh bermadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан