Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kuvayt tibbiy muassasalarni jihozlash uchun O‘zbekistonga $5,6 mln. ajratadi
21.07.2020 15:02,  
93

21 iyul, seshanba kuni Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi (KAITJ) Bosh direktorining o‘rinbosari Marvan Abdulloh al-G‘onim muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tomonlar koronavirusga qarshi kurash hamda moliyaviy-texnik hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, KAITJ Bosh direktorining o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun 5,6 million dollar miqdoridagi Jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, jamg‘armaning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarda, xususan qishloq hududlarida uy-joylar qurish, suv ta’minoti tizimini yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sohasidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан