Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi
27.05.2019 14:54,  
15

29-30 may kunlari Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi va 30 may kuni Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.

«Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazadilar, - deyiladi xabarda. - Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan».

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, tomonlar energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qiladilar.

Tashrif doirasida turli sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан