Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Federatsiyasining sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri to‘shakda o‘tirgani uchun jazolandi
21.01.2020 09:52,  
1787

Rossiya hukumati yangi vazirlar mahkamasini tayyorlayotgan bir paytda, sobiq Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev koloniyada bemahal to‘shakda o‘tirgani bo‘yicha koloniya ma’muriyati tomonidan ogohlantirish oldi.

Ulyukayev bir necha yildan beri Tver viloyatidagi ATK-1 koloniyasida o‘tiribdi. U kutubxonada ishlaydi: hujjatlar bo‘yicha yordamchi xodimlar ro‘yxatiga kiritilgan, ammo aslida u kutubxonachining barcha vazifalarini bajaradi, ya’ni kitoblar beradi, eski nusxalarini topib beradi, yozuvlarni yuritadi va hokazo. Ahloq tuzatish koloniya xodimlariga ko‘ra, sobiq vazir o‘zini yaxshi his qilmoqda va hech narsadan shikoyat qilmaydi.

Yaqinda kichik bir voqea yuz berdi. Koloniyada prokuror tekshiruvi o‘tkazilib, inspektor Ulyukayevning to‘shakda belgilanmagan vaqtda o‘tirganini aniqladi. Aleksey Valentinovich ushbu holat bo‘yicha tushuntirish xati yozib berdi va u ogohlantirish olib kechirildi.

Shuningdek, Ulyukayev koloniyada iqtisodiy to‘garak doirasiga rahbarlik qiladi. Uning oldiga bir necha o‘nlab mahbuslar tashrif buyurishadi va  ular sobiq amaldorni o‘zaro "iqtisod otasi" deb atashadi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан