Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarni tatuirovka va yurish-turishi orqali qidira boshlaydi
24.02.2020 17:53,  
166

Kuzatuv kameralari jinoyatchilarni yurish-turishi va tatuirovkalar orqali aniqlashni boshlaydi. Tizim Rossiya Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda, deb Pravda.ru xabar bermoqda.

Rossiyada biometrik qaydnomalarning federal ma’lumot tizimi (BQFMT) ishlab chiqilmoqda. Bu tizim huquq-tartibot idoralari xodimlariga nafaqat jinoyatchilarning yuzlarini tanib olish, balki gumonlanuvchining tatuirovkasi va ko‘zning shox pardasi orqali uning shaxsini aniqlashga imkon beradi. 

BQFMT taxminiy gumondor shaxsni qanday qilib aniqlashi haqida xabar berilgan. Mutaxassislar voqea joyidan dalillarni to‘plaganlaridan keyin ularni tizimga kiritadilar. Sun’iy intellekt tahlil qilishni boshlaydi so‘ng taxmin qilingan jinoyatchilarning ma’lumotlarini chiqarib beradi.

Agar tizimda zarur ma’lumotlar bo‘lsa, u holda yuzni aniqlash kameralariga fotosurat yuklanadi va mavjud ma’lumotlar mas’ul xodimlarga yuboriladi, dedi Rossiya biometrik jamiyati rahbari Danila Nikolayev.

Moskvada ushbu tizim byudjet mablag‘i yordamida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, davlat shahar ko‘chalarida kuzatuv kameralari va boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан