Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiya TIV rasmiysi O‘zbekistonning ichki siyosatiga qo‘pol ravishda aralashdi (video)
15.05.2020 15:48,  
7701

Avvalroq, Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqqanini xabar bergan edik.

Bu loyiha har bir davlatning Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan suveren huquqi bo‘lishiga qaramay, rusiyzabonlar o‘rtasida turli noto‘g‘ri qarashlarni keltirib chiqardi.

Shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildirdi.

Zaxarova rus tilini ko‘pchilik o‘zbeklar xohlayotgani, bu qonun loyihasi tarafdorlari kam ekanligini aytgan.

 

 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, “Yuksalish” Umummilliy harakati raisi Akmal Burxanov Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining fikrlarini O‘zbekiston suverenitetiga bevosita aralashish deb baholagan. 

“Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilovchi qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildiribdi.

1. Suveren davlat hududida til masalasi tartibga solinishi uning ichki siyosati masalalariga kiradi.

2. Rus tili bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda dasturlarning amalga oshirilishi bu yurtimizda boshqa millat vakillariga bo‘lgan hurmatimiz darajasini bildiradi. Lekin O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tili hisoblanadi va davlat organlarida ish davlat tilida yuritilishi qonunning talabidir.

3. Zaxarova qaysi asosga ko‘ra qonun loyihasining tarafdorlari kamchilikni tashkil qilishi va rasmiy ish yurituvida rus tili to‘liq saqlanib qolgan, degan xulosaga keldi?

4. Davlat idoralarida o‘zbek tilida ish yuritish O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarimiz dinamikasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Rossiya rasmiy vakili bu masalaning O‘zbekiston fuqarolari manfaatlariga zid yoki zid emasligi bo‘yicha fikr bildirishga haqlimi?“ — deydi Oliy Majlis deputati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан