Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rossiyadan keltirilgan mahsulotlarda koronavirus aniqlandi
26.09.2020 17:31,  
1202

Xitoy mahsulotlarida koronavirus aniqlangani tufayli ikki rus kemasidan yuklarni qabul qilishni to‘xtatdi. 

Xabarlarga ko‘ra, virus oziq-ovqat namunalari va tashqi qadoqlarida topilgan. Tovarlar Rossiyadan Xitoyga savdo kemalarida olib kelingan. Tekshiruvlardan so‘ng, Xitoy yuklarni qabul qilishni to‘xtatdi.

"Shandun provinsiyasining Epidemiyaning oldini olish, nazorat qilish va iqtisodiy faoliyatni boshqarish guruhi Rossiyadan import qilingan tashqi qadoqlash va dengiz mahsulotlaridan olingan namunalarning nuklein kislota sinovi ijobiy natija berganligi to‘g‘risida xabar berdi", - deyiladi bosh bojxonachi bayonotida.

Qayd etilishicha, butun mamlakat bo‘ylab bojxona idoralari 26 sentyabrdan boshlab Vladimir Starjinskiy LLC ROLIZ baliq ovlash kemasi va Crystal Africa ​​transport kemasining import deklaratsiyasini qabul qilishni to‘xtatadi.

Belgilangan muddat tugashi bilan tegishli hujjatlarning amal qilish muddati yangilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан